RealMusic
2 года

Ziyobek - Opam

3:38
658 43%
Краткое описание
Tabrik uchun yozilgan track !
Краткое описание
Tabrik uchun yozilgan track !
Теги
Лицензия
Над треком работали
@ziyobektg
Автор музыки
Farrux Hamrayev
Автор текста
Farrux Hamrayev
Исполнитель
Ziyobek
Описание
Ziyobek - " Opam " trackini telegramdagi @ziyobektg kanalidan yuklab olishingiz mumkin !
Альбом
Tabrik
Студия
SafoNur
Текст
Dog` bo`lmasdi hech bir yoqam,
Chang yo`q edi xonada,
Ko`nglim taskin topar edi
Go`zal opam yonida.

Bugun uydan opam ketar,
Yor-yor bilan, yor bilan.
Yelkasida iffat bilan
Hamda nomus-or bilan.

Oppoq ko`ngil, oqqushginam,
Yuzi nurli quyoshginam.
Uchmoqdasiz orzu tomon,
Manzil tomon, qushginam.

Ukasiga mehmon ekan
Bugun bildim opalar,
Yig`lar ekan ketar chog`i
Bildirmayin ko`ngillar.

Og`ir mehnat ko`rgan opam,
Tosh yo`llarda yurgan opam,
Yuzlarimga oyoq qo`ymay,
Yuzim yorug` qilgan opam.

Yonizda yor umidvor,
Ikkingiz ham beg`ubor,
Yetmishda ham, saksonda ham
Bo`lsin sizga Alloh yor.

Oppoq ko`ngil, oqqushginam,
Yuzi nurli quyoshginam.
Uchmoqdasiz orzu tomon,
Manzil tomon, qushginam.

Ukasiga mehmon ekan
Bugun bildim opalar,
Yig`lar ekan ketar chog`i
Bildirmayin ko`ngillar.

Dog` bo`lmasdi hech bir yoqam,
Chang yo`q edi xonada,
Ko`nglim taskin topar edi
Go`zal opam yonida.

Bugun uydan opam ketar,
Yor-yor bilan, yor bilan.
Yelkasida iffat bilan
Hamda nomus-or bilan.